遇见数据集

Boshlang'ich sinflarda diktant turlari va ularning ta'lim samaradorligiga ta'siri.

收藏
Zenodo2026-06-01 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida diktantlarning o‘quvchilarning imlo savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni, ularning nutqiy va tafakkuriy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Diktantning eshituv, idrok, tahlil va yozuv faoliyatlarini uyg‘unlashtiruvchi kompleks metodik vosita sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’limiy va nazorat diktantlarining mazmuni, vazifasi hamda didaktik imkoniyatlari o‘quvchilar fonematik eshituvini, yozma nutqini va grammatik bilimlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan baholangan. Maqolada diktant turlarining o‘quv jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilinishi savodxonlikni oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va o‘quvchilarda imloga nisbatan mas’uliyatni shakllantirishning samarali omili sifatida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda diktantlardan metodik jihatdan puxta foydalanish o‘quvchilar nutq madaniyati va til kompetensiyasini kompleks rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务