MUSTAQILLIK YILLARIDA XORAZM VILOYATIDA YOSHLAR MA'NAVIYATI VA MADANIY RIVOJINI QO'LLAB-QUVVATLASHNING DAVLAT SIYOSATIDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida Xorazm viloyatida yoshlar ma’naviyati va madaniy rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining shakllanishi va rivojlanish jarayonlari tarixiy-tahliliy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, kitobxonlikni rivojlantirish, san’at va madaniyatga jalb etish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash davlat yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida tahlil qilingan. Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy salohiyati, xususan, Xiva shahri va uning madaniy merosi yoshlar ma’naviy tarbiyasining hududiy omili sifatida ko‘rib chiqilgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yoshlar siyosatining institutsional va huquqiy asoslari takomillashib borgani, keyingi davrda esa yoshlar bilan ishlashning manzilli, tizimli va institutsional mexanizmlari kuchaygani tahlil etilgan. Maqolada Xorazm tajribasining o‘ziga xos jihatlari, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ham yoritilgan.



