MAKTABGACHA TA'LIMDA STEAM VA NANOTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRATIV TA'LIMNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI (TEZIS)
收藏资源简介:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PF-4312-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da bolalarning intellektual salohiyatini erta yoshdan rivojlantirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ta'lim bo'yicha global hamkorlik (GPE) va YUNISEF hamkorligida ishlab chiqilgan 2023–2026-yillar uchun ta'lim islohotlari yo'l xaritasi doirasida sohaga 580 million dollardan ortiq mablag' jalb qilinishi rejalashtirilgan. Bunday islohotlar sharoitida STEAM yondashuvini, jumladan, uning tarkibiy qismi sifatida zamonaviy nanotexnologiya g'oyalarini maktabgacha yoshdagi bolalarga integrativ tarzda taqdim etish usullarini ilmiy asoslash alohida dolzarblik kasb etadi.



