遇见数据集

ZAMONAVIY INGLIZ TILI OMMAVIY AXBOROT VOSITALAIDA NEOLOGIZMLARNING (YANGI SO'ZLARNING) HOSIL BO'LISH VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-06-01 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Zamonaviy ingliz tilida neologizmlarning (yangi paydo bo‘lgan yoki tilga yaqinda kirib kelgan so‘zlar va iboralar) hosil bo‘lish jarayonlari va ularning ommaviy axborot vositalaridagi pragmatik (so‘z yoki iboraning nutq jarayonida, aniq vaziyatda qanday maqsad bilan va qanday ta’sir berish uchun ishlatilgan ma’nosi) xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida xususan globalizatsiya, raqamli kommunikatsiya va ijtimoiy tarmoqlarning yangi leksik birliklar shakllanishiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan. Neologizmlarning asosiy hosil bo‘lish mexanizmlari — affiksatsiya, kompozitsiya, blending, qisqartirish va semantik kengayish kabi usullar ilmiy manbalar va media matnlari asosida bayon etilgan. Shuningdek, ularning kommunikativ vazifalari, jumladan auditoriya e’tiborini jalb qilish, axborotni ixcham yetkazish, ijtimoiy identifikatsiyani ifodalash va jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishdagi roli aniqlangan. Tadqiqot natijalari neologizmlarning zamonaviy ingliz tilining dinamik rivojlanishida muhim o‘rin tutishini, shu bilan birga, ularning boshqa tillarga, xususan o‘zbek tiliga o‘tish jarayonida tarjima muammolari yuzaga kelishini namoyon etadi. Bundan tashqari lingvistika, media diskurs tahlili va tarjimashunoslik yo‘nalishlari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务