IQTISODIYOT VA MOLIYADA QAROR QABUL QILISHDA KATTA MA'LUMOTLARNING (BIG DATA) O'RNI
收藏资源简介:
Katta ma’lumotlar (Big Data) zamonaviy iqtisodiyot va moliya tizimlarida muhim strategic resurs sifatida shakllanmoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida dunyo bo‘ylab ma’lumotlar hajmi keskin ortib bormoqda. Ushbu maqolada Big Data tushunchasi, uning asosiy nazariy jihatlari hamda iqtisodiyot va moliya sohalarida qaror qabul qilish jarayonidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kata ma’lumotlarning iqtisodiy prognozlash, risklarni boshqarish, investitsion faoliyat, bank tizimi va elektron tijoratdagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va bulutli texnologiyalar yordamida katta ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari yoritildi. Tadqiqot natijalari Big Dataning iqtisodiy va moliyaviy tizimlarda tezkor, aniq va samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi.



