ADABIYOT DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV (ZULFIYA "SOG'INIB" SHE'RIYATI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishda differensial yondashuvning metodik imkoniyatlarini tadqiq etadi. Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlari va o‘zlashtirish darajalari turlicha ekanligi dars jarayonini tabaqalashtirishni taqozo etmoqda. Tadqiqotda Zulfiya Isroilova she’riyati misolida o‘quvchilar uchun darajalashtirilgan topshiriqlar (ijodiy, lingvistik, metodik) ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Metodologiya sifatida pedagogik kuzatuv va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Kutilayotgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, differensial topshiriqlar o‘quvchilarning matn ustida ishlash ko‘nikmalarini 25-30% ga oshiradi va darsda motivatsiyaning pasayishini oldini oladi. Maqola o‘zbek tili fani o‘qituvchilari uchun amaliy metodik qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.



