SHAXS RIVOJIDA O'QITISH JARAYONINING TA'LIMIY VA TARBIYAVIY TA'SIRINI ILMIY TAHLIL ETISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada shaxs rivojida o‘qitish jarayonining ta’limiy va tarbiyaviy ta’siri kompleks ilmiy tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim paradigmasi o‘zgarishi sharoitida o‘qitish jarayoni nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, balki shaxsning ijodiy, ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy sifatlarini rivojlantirish vazifasini ham o‘z oldiga qo‘ymoqda. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, individuallashtirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash fenomenlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. 2025-2026-o‘quv yilida Urganch shahridagi uchta umumta’lim maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan empirik tadqiqot natijalari taqdim etilgan. Tadqiqotda o‘qitish jarayonining ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini baholash uchun maxsus ishlab chiqilgan metodika, shuningdek, J.Gilford va E.Torrens kreativlik testlari, shaxsning axloqiy-irodaviy sifatlarini o‘rganish anketalari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘qitish jarayonining ta’limiy va tarbiyaviy komponentlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning uyg‘unligi shaxs rivojining muhim omili hisoblanadi. Shuningdek, an’anaviy va innovatsion yondashuvlar qo‘llaniladigan sinflarda o‘quvchilarning bilish faolligi, kreativligi va axloqiy-irodaviy sifatlari ko‘rsatkichlari o‘rtasida statistik ahamiyatga ega farqlar aniqlandi. Maqolada olingan natijalar asosida o‘qitish jarayonining shaxs rivojiga ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



