遇见数据集

JAHON FOLKLORSHUNOSLIGIDA TOPISHMOQ JANRINING NAZARIY TALQINI

收藏
Zenodo2026-05-26 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqola jahon folklorshunosligida topishmoqlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy qarashlarning shakllanishi, evolyutsiyasi va nazariy asoslarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda topishmoq janri mifologik, antropologik, qiyosiy-tipologik hamda semiotik ilmiy maktablar doirasida ko‘rib chiqilib, uning kelib chiqish mexanizmlari va semantik tabiati ochib beriladi. E.B. Tylor o‘zining Primitive Culture asarida topishmoqlarni inson tafakkurining ilk bosqichlariga xos bo‘lgan ramziy va metaforik fikrlash mahsuli sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, ibtidoiy ong real borliqni bevosita emas, balki obrazlar va ramzlar orqali idrok etgan bo‘lib, topishmoqlar aynan shu kognitiv jarayonning tilga ko‘chgan shaklidir. J.G. Frazer esa The Golden Bough asarida topishmoqlarni madaniy tabu tizimi va marosimiy nutq an’analari bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, ibtidoiy jamiyatda bevosita nomlashdan qochish tendensiyasi shakllanib, bu holat tilning bilvosita, yashirin va ramziy ifoda shakllarini rivojlantirgan. Shu nuqtai nazardan topishmoq ijtimoiy cheklovlar va ritual tafakkur mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. A. Aarne esa Vergleichende Rätselforschungen ishida turli xalqlar topishmoqlari o‘rtasidagi struktur o‘xshashliklarni qiyosiy-tipologik yondashuv asosida o‘rganib, ularning universal semantik modellarga ega ekanini asoslab beradi. Uning tasnifiy yondashuvi topishmoqlarni xalqaro miqyosda bir xil kognitiv va struktur qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi folklor hodisasi sifatida talqin qilishga imkon yaratadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务