TILSHUNOSLIKDA ESHITISH SEZGISIGA DOIR NAZARIY QARASHLAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tilshunoslikda eshitish sezgisi (audial persepsiya)ning nazariy asoslari va uning nutqni idrok etish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida eshitish orqali axborotni qabul qilishning psixolingvistik va kognitiv mexanizmlari yoritilib, fonetik, fonologik va pragmatik darajalarda audial idrokning funksional xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, turli lingvistik maktablar tomonidan ilgari surilgan qarashlar solishtirilib, eshitish sezgisining til birliklarini tanish va tushunishdagi ahamiyati asoslanadi. Maqolada nutq signalini qayta ishlash jarayoni, fonematik eshitishning shakllanishi hamda kontekstual omillarning ta’siri ilmiy nuqtai nazardan izohlanadi. Tadqiqot natijalari eshitish sezgisining til o‘rganish va o‘qitish jarayonidagi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi hamda zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda uning integrativ yondashuv asosida o‘rganilishi zarurligini ta’kidlaydi.



