遇见数据集

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARI VA MAKTAB O'QITUVCHILARI FAOLIYATIGA RAQAMLI METODIKANI INTEGRATSIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-04-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqot ishida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari faoliyatiga raqamli metodikani integratsiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “Oliy ta’lim – Maktab” metodik-raqamli integratsiya modeli taklif etilgan bo‘lib, model sakkizta o‘zaro bog‘liq bo‘g‘indan tashkil topgan: oliy ta’lim bosqichi, metodik-loyihaviy kompetensiya, raqamli metodik mahsulot, raqamli platformalarni tatbiq etish, maktab bosqichi, amaliy qo‘llash bosqichi, qayta aloqa va takomillashuv bosqichi. Modelning asosiy g‘oyasi — oliy ta’limda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik-loyihaviy kompetensiyalarini shakllantirish, ular yaratgan raqamli metodik mahsulotlarni umumta’lim maktabi amaliyotiga tatbiq etish va qayta aloqa asosida tizimni uzluksiz takomillashtirishdir. Tezisda raqamli metodik mahsulot tushunchasiga ta’rif berilgan, uning turlari (raqamli metodik modullar, video-metodik darslar, interaktiv mashqlar, sun’iy intellekt asosidagi mashqlar) va didaktik ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining ta’limni raqamlashtirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari asosida asoslangan. Taklif etilayotgan model musiqa ta’limi metodik tizimini uzluksiz rivojlantirish, oliy ta’lim va maktab amaliyoti o‘rtasida uzviylikni ta’minlash imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务