YARALI KOLIT: ETIOPATOGENEZ, KLINIK KECHISH XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI
收藏资源简介:
Yarali kolit (YK) — yo’g’on ichak shilliq qavatining surunkali, tolqinsimon kechuvchi yallig’lanish kasalligi bo’lib, ichaklarning surunkali yallig’lanish kasalliklari (Inflammatory Bowel Disease — IBD) guruhiga kiradi. So’nggi o’n yillikda kasallikning tarqalishi nafakat rivojlangan mamlakatlarda, balki O’zbekiston hamda Markaziy Osiyo mintaqasida ham sezilarli darajada oshib bormoqda, bu esa muammoning tibbiy-ijtimoiy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Ushbu maqolada yarali kolitning zamonaviy etiopatogenetik nazariyalari, klinik kechish xususiyatlari, tashxis qo’yish algoritmi va bosqichma-bosqich davolash strategiyasi (5-aminosalitsilatlardan biologik preparatlargacha) tahlil qilingan. Materiallar sifatida so’nggi xalqaro qo’llanmalar (ECCO, ACG) va mintaqaviy klinik kuzatuv ma’lumotlari umumlashtirilgan.



