SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING TRANSPORT VA LOGISTIKA INFRATUZILMASI BILAN BOG'LIQLIGI
收藏资源简介:
Samarqand viloyatidagi ziyorat turizmi markazlarining rivojlanishi bevosita transport va logistika infratuzilmasining sifatiga bog‘liq. Avtomobil yo‘llari, temiryo‘l aloqasi, aeroport xizmatlari va mahalliy transport tizimlarining samarali ishlashi ziyoratchilar oqimini oshirish, markazlarga yetib borish vaqtini qisqartirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, transport va logistika infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan hududlarda sayyohlar oqimi pasayadi, turizm xizmatlarining sifati va markazlarning raqobatbardoshligi kamayadi. Shu bilan birga, transport va logistika tizimining rivojlanishi mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ish o‘rinlarini yaratadi va turizm salohiyatini oshiradi. Tadqiqot doirasida markazlarning transport imkoniyatlari, logistika tarmoqlarining integratsiyasi, ziyoratchilar oqimi va xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi. Ushbu maqola transport va logistika tizimining ziyorat turizmining barqaror rivojiga ta’sirini tahlil qiladi va istiqbolli strategik yo‘nalishlarni aniqlaydi, shuningdek, transport-logistika siyosatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.



