O'ZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLARIDA YASHOVCHI QIZLARDA REPRODUKTIV A'ZOLARI NUQSONLARINI XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ayollar jinsiy a'zolarining tug'ma nuqsonlari ayollar orasida 4–7% ni tashkil qilib, adabiyotlarga ko’ra so'nggi 5 yil ichida jinsiy a'zolar nuqsonlari uchrash darajasi 10 barobarga oshib, jinsiy tizimning nuqsonlari ko'pincha siydik tizimi nuqsonlari bilan birga keladi ( Krutova V. A. va boshqalar. Qizlarda reproduktiv tizim organlarining tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini tashxislash va davolash algoritmi // Bolaning reproduktiv salomatligi. – 2018. – T. 12. – №4. – B. 213-221). Barcha tug’ma nuqsonlar orasida reproduktiv a’zolar rivojlanish nuqsonlari 4-6,5% ni tashkil qilib, bachadon va qinning tug’ma rivojlanish nuqsonlari barcha ginekologik kasalliklar ichida 3,2% ni tashkil qilib, og’ir ginekologik xastaligi bo’lgan qizlar orasida 6,5% ni tashkil etib, hozirgi vaqtlarda jinsiy a’zolar rivojlanish nuqsonlari 14% oshganligi ekologik holatning yomonlashishi sababli deb hisoblanib, ultratovush diagnostikasining zamonaviy usullari orqali obyektivlashtirish va malformasiyalar bilan og’rigan bemorlarda davolash natijasiga hissa qo’shishi mumkin (Chebotaryova Yu. Yu., Letifov G. M., Rodina M. A. Qizlarda birgalikdagi urogenital rivojlanish nuqsonlari va reproduktiv salomatlikning shakllanishi // Nefrologiya. – 2021. – T. 25. – №6. – B. 99). Kalit so’zlar: reproduktiv tizimning rivojlanish nuqsonlari, qin va bachadon aplaziyasi, UTT tekshiruvi, malformatsiyalar.



