QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI UCHUN ZAMONAVIY ENERGIYA ZAXIRALASH TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada qayta tiklanadigan energiya manbalarining samarali ishlashini ta’minlash va energiya ta’minotining barqarorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy energiya zaxiralash texnologiyalari tahlil qilinadi. Quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya tizimlari uchun mavjud energiya zaxiralash qurilmalari, ularning texnik xususiyatlari, samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, zamonaviy akkumulyatorlar, superkondensatorlar va gibrid energiya zaxiralash tizimlari imkoniyatlari va cheklovlari aniqlanib, energiya samaradorligini oshirishda innovatsion yechimlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari, shuningdek, muqobil energiya tizimlarida energiya zaxiralashning samarali mexanizmlarini tanlash va loyihalash uchun amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.



