RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA, INTERNET DISKURSI VA MESSENJER DISKURSINING LINGVISTIK MOHIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya, internet diskursi hamda messenjer diskursining lingvistik mohiyati zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli muhitda shakllanayotgan kommunikativ birliklarning leksik-semantik, pragmatik va diskursiv xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, internet va messenjer platformalarida qo‘llaniladigan qisqartmalar, emodzi, multimodal vositalar hamda noformal nutq elementlarining kommunikativ vazifalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada raqamli diskursning interaktivlik, tezkorlik, ekspressivlik va kommunikativ iqtisodiylik kabi asosiy belgilariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari raqamli kommunikatsiyaning til taraqqiyoti va zamonaviy nutq madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi.



