IMPROVING STRATEGIC MANAGEMENT MECHANISMS FOR INCREASING EDUCATIONAL SERVICES EXPORTS
收藏官方服务:
资源简介:
Maqolada ta’lim xizmatlari eksportini oshirish uchun strategik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 29 548 nafar xorijiy fuqaro kelgan, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p. Shu davrda Turkmaniston fuqarolari soni 2,6 barobar oshib, ularning ulushi 32 foizdan 41 foizga yetgani eksport talabi tarkibi bir yil ichida keskin o‘zgarishini ko‘rsatadi. Muallif bu o‘zgarishlarga son ko‘rsatkichlariga emas, natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni taklif etadi: davlat, hudud va oliy ta’lim muassasasi darajalarini bog‘lovchi besh bosqichli strategik boshqaruv sikli hamda muvozanatlashgan ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan KPI to‘plami.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-10-31



