ODDIY VA MURAKKAB DURAGAYLASHDAN OLINGAN G'O'ZA DURAGAYLARIDA AYRIM BELGILAR ORASIDAGI KORRELYATIV BOG'LIKLAR
收藏资源简介:
Kirish. O‘simliklar belgilarining bog‘liqligi genetik nuqtay nazardan genlarning o‘zaro bog‘lash yoki ularning pleotrop ta’siri bilan tushuntiriladi. Deyarli barcha seleksioner va genetiklar o‘z tadqiqotlarini korrelyativ bog‘liqlarni o‘rganishga bag‘ishlaydilar, chunki bu boradagi bilimlar va ularning seleksiyaviy dasturlarda qo‘llanilishi tanlash samarasini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Sifat va miqdoriy belgilar o‘rtasidagi korrelyatsiya seleksionerlar uchun eng muammosi bo‘lib, bu ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman agar sifat ko‘rsatkichlari oshsa, o‘z-o‘zidan miqdor ko‘rsatkichlar pasayib ketadi. Bunday holat ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlariga xosdir. Dunyoda seleksiyaviy-genetik sohaning rivojlanishi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar tadqiqodchilar o‘z hatti-harakatlarini ushbu korrelyatsiyani ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratishdi.



