遇见数据集

QUVURLARDAGI TURBULENT OQIMLARNI K–Ω VA K–Ε TURBULENTLIK MODELLARI YORDAMIDA SONLI TAHLIL QILISH

收藏
Zenodo2026-05-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Turbulent oqimlarni aniq tavsiflash va hisoblash gidrodinamikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy hisoblash suyuqliklar mexanikasi (CFD) usullari yordamida murakkab oqimlarni modellashtirish imkoniyati kengaydi. Bunda Reynolds o‘rtalashtirilgan Navye–Stoks (RANS) tenglamalariga asoslangan turbulentlik modellaridan keng foydalaniladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan modellar qatoriga k–ω va k–ε turbulentlik modellari kiradi. k–ω modeli devor yaqinidagi oqimlarni va chegara qatlamlarini yaxshi tavsiflashi bilan ajralib turadi. Ushbu model oqim ajralishi, bosim gradientlari va mahalliy qarshiliklar mavjud bo‘lgan hududlarda yuqori aniqlik beradi. k–ε modeli esa oqimning asosiy qismida va to‘liq rivojlangan turbulent oqimlarda samarali hisoblanadi hamda hisoblashning barqarorligi va soddaligi bilan keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada quvurlardagi turbulent oqimlarni k–ω va k–ε turbulentlik modellari asosida modellashtirish, ularning nazariy asoslari, asosiy tenglamalari hamda mahalliy qarshiliklarni hisoblashdagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi[1,2,3].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务