FUQAROLIK JAMIYATINING RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING AHAMIYATI
收藏官方服务:
资源简介:
Fuqarolik jamiyati borasidagi qarashlar qadimgi falsafiy maktablarda boshlangan bo‘lib, hozirgi zamonaviy siyosiy va huquqiy konsepsiyalargacha bo‘lgan ko‘p asrlik rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan. Qadimgi davrlarda yashab o‘tgan mutafakkir va olimlar insonlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, erkinligi va adolatli jamiyat haqida turli-xil g‘oyalarni ilgari surganlar. Ushbu fikrlar asosida fuqarolik jamiyati to‘g‘risida tushunchalar sekin-asta shakllandi va rivojlanishning turli davrlarida o‘ziga xos mazmun kasb etdi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-05-06



