O'ZBEKISTON—OZARBAYBAYJON TARIXIY RISHTALAR VA HAMKORLIK ASOSLARI
收藏资源简介:
O‘zbekiston tashqi siyosatininng ustuvor yo‘nalishlari orasida Janubiy Kavkaz mintqasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Ozarbayjon bilan munosabatlarni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Ikki mamlakat o‘rtasida mustahkam do‘stlik va birodarlik poydevoriga asoslangan ittifoqchilik munosabatlari mavjud. Qardosh o‘zbek va ozarbayjon xalqlarini umumiy din, til, urf-odatlar, madaniyat va tarixiy yaqinlik bir-biri bilan chambarchas bog‘lab turadi. O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqalari o‘rtasidagi tarixan shakllangan do‘stlik va hamkorlik rishtalari hozirda o‘zaro zamonaviy tamoyillarga asoslangan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ushbu ilmiy maqolada Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz darvozalari hisoblangan O‘zbekiston hamda Ozarbayjon xalqlari o‘rtasida shakllangan hamkorlik tarixi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar haqida so‘z boradi. Shuningdek, ikkitomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oliy darajadagi davlat tashriflari keltiriladi.



