遇见数据集

ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH LOYIHALARIDA RISKLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada islomiy moliyalashtirish loyihalarida risklarni aniqlash, baholash, taqsimlash, monitoring qilish va nazorat etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Islomiy moliyaning aktivga asoslanganligi, foizning taqiqlanishi, foyda va zararni taqsimlash tamoyili hamda shariatga muvofiqlik talablari an’anaviy moliyalashtirishdan farqli risk profilini shakllantirishi asoslangan. Murabaha, ijara, musharaka, mudaraba, salam, istisna va sukuk kabi instrumentlarda kredit, bozor, likvidlik, operatsion, huquqiy, loyiha va shariatga nomuvofiqlik risklarining namoyon bo‘lish xususiyatlari tizimlashtirilgan. IFSB va AAOIFI standartlari, shuningdek O‘zbekistonda 2026-yilda shakllangan yangi islomiy moliya institutsional bazasi tahlil qilinib, loyiha darajasida “Shariah-Risk Gate”, integratsiyalashgan risk reyestri, stress-test, erta ogohlantirish indikatorlari va bosqichma-bosqich monitoringga asoslangan takomillashtirilgan mexanizm taklif etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务