遇见数据集

GESTATSION QANDLI DIABETDA FETOPLATSENTAR YETISHMOVCHILIK SINDROMI RIVOJLANISHINING XAVF OMILLARI VA PROGNOZLASH MODELLARI

收藏
Zenodo2026-06-01 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Gestatsion qandli diabet (GQD) homiladorlikning eng keng tarqalgan asoratlaridan biri bo‘lib, glyukozaga tolerantlikning buzilishi bilan tavsiflanadi, u ilk bor homiladorlik davrida aniqlanadi yoki namoyon bo‘ladi hamda 1 yoki 2 tip qandli diabet tashxisi mezonlariga mos kelmaydi. Xalqaro diabet federatsiyasi (IDF) ma’lumotlariga ko‘ra, GQD dunyo bo‘yicha barcha homiladorliklarning taxminan 14 foizini asoratlantiradi, biroq bu ko‘rsatkich qo‘llanilayotgan diagnostik mezonlar, geografik hudud va populyatsiyaning etnik tarkibiga qarab sezilarli darajada farq qiladi: Sharqiy Yevropa mamlakatlarida u 31,5% gacha yetadi, G‘arbiy Yevropada esa taxminan 11% ni tashkil etadi. GQD bilan kasallanishning muttasil oshib borishi, avvalo, reproduktiv yoshdagi ayollar orasida semizlikning global epidemiyasi, fertil kontingentning qarishi, urbanizatsiya, kamharakat turmush tarzi va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq . GQDning iqtisodiy yuki sezilarli hisoblanadi: skrining, monitoring, farmakologik va parhez terapiyasi, gospitalizatsiya hamda neonatal parvarish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar bilan bir qatorda, bilvosita xarajatlar — mehnat qobiliyatining pasayishi, absenteizm va onaning hayot sifati yomonlashuvi ham muhim hissa qo‘shadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务