遇见数据集

YER KADASTRI AXBOROT TIZIMLARINING AXBOROT XAVFSIZLIGI

收藏
Zenodo2026-02-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada yer kadastri axborot tizimlarining (YKAT) axborot xavfsizligini ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Yer kadastri tizimlari davlat boshqaruvi, soliq siyosati, hududiy rejalashtirish va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solishda muhim axborot resursi hisoblanadi. Raqamli transformatsiya jarayonida mazkur tizimlarda saqlanayotgan ma’lumotlar hajmi va qiymatining ortishi ularni axborot xavfsizligi tahdidlariga nisbatan sezgir qiladi. Maqolada axborot xavfsizligining konfidensiallik, yaxlitlik va mavjudlik tamoyillari yer kadastri axborot tizimlari kontekstida ko‘rib chiqiladi. ISO/IEC 27001, ISO/IEC 27002, NIST SP 800-53, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida xavfsizlikni tashkil etish mexanizmlari yoritiladi. Tahlillar asosida yer kadastri axborot tizimlarida ko‘p darajali himoya, kriptografik vositalar, autentifikatsiya va audit mexanizmlarini joriy etish zarurligi asoslab beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务