STEAM –INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM TEXNOLOGIYASI TIZIMI MAZMUN-MOHIYATINI OCHIB BERISH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola STEAM (Science – Ilm-fan, Technology – Texnologiya, Engineering – Muhandislik, Art – San’at, Mathematics – Matematika) integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi tizimining mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada STEAM yondashuvining tarixi, asosiy komponentlari, fanlararo integratsiya tamoyillari, afzalliklari, qiyinchiliklari va O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishi masalalari batafsil ko‘rib chiqilgan. STEAM ta’limi o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, muammolarni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali 21-asr kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Xususan, O‘zbekistonda Prezident maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida STEAM texnologiyalarini qo‘llash tajribasi va kelajak istiqbollari tahlil qilingan. Maqola loyiha asosidagi ta’lim, raqamli vositalar va innovatsion metodlarning ta’lim jarayonidagi o‘rnini ochib beradi.STEAM ta’limining nazariy va amaliy jihatlarini keng yoritish hamda O‘zbekiston sharoitida uni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish.



