FUQAROLIK HUQUQI FANINING TAMOYILLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada fuqarolik huquqi fanining tamoyillari tushunchasi, ularning huquqiy tabiati, tizimi va fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati kompleks ravishda tahlil qilinadi. Fuqarolik huquqi tamoyillari nafaqat tegishli huquqiy normalarning mazmunini belgilovchi boshlang‘ich qoidalar, balki fuqarolik-huquqiy tartibga solishning mohiyatini ifodalovchi metodologik mezon sifatida ham namoyon bo‘lishi asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-moddasida mustahkamlangan fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari — fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, shartnoma erkinligi, xususiy ishlarga o‘zboshimchalik bilan aralashmaslik, fuqarolik huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirish, buzilgan huquqlarni tiklash hamda sud orqali himoya qilish tamoyillari tahlil etiladi. Shuningdek, dispozitivlik, mulkiy mustaqillik, fuqarolik muomalasi erkinligi, insoflilik va huquqlarni sud orqali himoya qilish kabi kategoriyalarning o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqotda milliy qonunchilik va zamonaviy yuridik adabiyotlar asosida fuqarolik huquqi tamoyillarining huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqiy ta’limdagi funksional ahamiyati yoritiladi.



