QISHKI KIYIMLARINI LOYIHALASHDA XAVFSIZLIKNI VA QULAYLIKNI TA'MINLASH YO'LLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bolalar qishki kiyimlarini loyihalash jarayonida xavfsizlik va qulaylik masalalari chuqur tahlil qilinadi. Bolalar organizmining nozikligi va sovuq ob-havo sharoitlariga sezgirligi sababli qishki kiyimlarga alohida talablar qo‘yiladi. Tadqiqot davomida qishki kiyimlar uchun qo‘llaniladigan materiallarning issiqlikni saqlash xususiyatlari, namlikdan himoyalanish darajasi va gigiyenik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Shuningdek, kiyim konstruksiyasida xavfsizlikni ta’minlovchi elementlar, jumladan reflektorlar, mustahkam fermuarlar va xavfsiz dekorativ qismlarning ahamiyati yoritildi. Maqolada bolalar harakat faoliyatiga mos ergonomik dizayn yechimlari ham ko‘rib chiqildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan membranali va ekologik toza matolarning afzalliklari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari bolalar qishki kiyimlarini ishlab chiqishda qulaylik, xavfsizlik va estetik uyg‘unlikni ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola kiyim dizayni, yengil sanoat va bolalar mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



