遇见数据集

BOSHQARUVDA YETAKCHILIK USLUBLARI VA UNING JAMOA SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-10-31 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida korxona va tashkilotlarning barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligini oshirishi hamda belgilangan maqsadlarga erishishida samarali boshqaruv tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda rahbarning yetakchilik qobiliyati, boshqaruv uslubi, xodimlar bilan munosabatlari va jamoada sog‘lom ish muhitini shakllantirish mahorati tashkilot faoliyati natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki jamoaning samaradorligi nafaqat xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalariga, balki ularni umumiy maqsad sari birlashtirish, rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘naltirishga ham bog‘liq. Yetakchilik boshqaruv jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, rahbarning jamoa a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashi, mas’uliyatini oshirishi va samarali hamkorlikni tashkil etishida namoyon bo‘ladi. Boshqaruv amaliyotida demokratik, avtoritar va liberal kabi yetakchilik uslublari keng uchraydi. Ushbu uslublarning har biri jamoada qarorlar qabul qilish, vazifalarni taqsimlash, xodimlarni rag‘batlantirish hamda mehnat unumdorligini oshirishga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli tashkilotning maqsadlari, xodimlarning tajribasi va mavjud vaziyatdan kelib chiqib, mos yetakchilik uslubini tanlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务