BOSHLANG'ICH TA'LIMDA STEAM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning bilim sifati, bilish faolligi va ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, so‘rovnoma hamda pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tajriba natijalari STEAM texnologiyalaridan foydalanilgan darslarda o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi oshgani, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalari shakllangani hamda mustaqil va tanqidiy fikrlash darajasi yaxshilanganini ko‘rsatdi. Olingan natijalar boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvini joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.



