INGLIZ PREDLOGLI KONSTRUKSIYALARINI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA SEMANTIK-KOGNITIV, FUNKSIONAL-PRAGMATIK VA MILLIY-MADANIY MOSLIK MASALALARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada ingliz tilidagi predlogli konstruksiyalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga keladigan semantik-kognitiv, funksional-pragmatik va milliy-madaniy moslik muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda predloglar alohida grammatik birlik sifatida emas, balki matndagi makon, zamon, sabab, vosita, holat, mavzu, baho va kommunikativ maqsadni ifodalovchi murakkab munosabat belgisi sifatida qaraladi. Badiiy, ilmiy va publitsistik matnlardan olingan misollar asosida inglizcha in, on, at, by, with, for, under, beyond, from kabi predloglarning o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar, ravishlashgan birliklar, izohlovchi sintaktik qurilmalar va kontekstual transformatsiyalar orqali berilishi ko‘rsatildi. Maqolada inglizcha predlogni o‘zbekchaga tarjima qilishda “predlogga predlog” tamoyili emas, balki “munosabatga mos o‘zbekcha ifoda” tamoyili yetakchi bo‘lishi asoslanadi.



