AUDIO MATNLARNI TRANSKRIPSIYALASH BOSQICHLARI: LOTIN ALIFBOSI ASOSIDAGI TAJRIBA
收藏资源简介:
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi audiomatnlarni lotin alifbosi asosida transkripsiyalash bosqichlari yoritilgan. Tadqiqot doirasida ma’ruza, intervyu, badiiy ijod, rasmiy va norasmiy nutq kabi besh turdagi audiomatnlar tanlab olinib, ular ustida transkripsiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Transkripsiya jarayonida dastlab audiofayllarni shovqindan tozalash, segmentlash, dastlabki va kengaytirilgan transkripsiya, tahrir va verifikatsiya kabi bosqichlar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rasmiy-adabiy nutq transkripsiyasi nisbatan oson kechgan, norasmiy va dialektal nutqlarda esa cho‘ziqlik, unli va undosh almashinuvlari kabi fonetik xususiyatlar transkripsiya jarayonini murakkablashtirgan. Ekspertlar taqqoslashida transkripsiyaning aniqlik darajasi 96–97% ni tashkil etgan. Shuningdek, avtomatik nutq tanish tizimlarining imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinib, ayniqsa dialektal nutqlarda qo‘lda transkripsiyaning afzalligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada cho‘ziqlik va kirik hodisalarini ifodalash uchun maxsus metodik yechimlar va texnik ko‘rsatmalar zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili audiokorpuslarini yaratish va rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.



