遇见数据集

BIOMASSAGA ASOSLANGAN OZUQA ISHLAB CHIQARISHDA RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA UNING IQTISODIY NATIJALARI

收藏
Zenodo2026-05-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada biomassaga asoslangan ozuqa ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanish va uning iqtisodiy natijalari Sirdaryo viloyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi chiqindilari va boshqa biomassa manbalarining ozuqa ishlab chiqarishdagi xomashyo sifatidagi imkoniyatlari o‘rganilib, ularning chorvachilik tarmog‘ida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishdagi roli baholanadi. Resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, qayta ishlash samaradorligi hamda biomassa asosidagi ozuqalarni yuqori qiymatli mahsulotga aylantirishning iqtisodiy afzalliklariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari biomassa resurslaridan oqilona foydalanish ozuqa tannarxini pasaytirish, rentabellikni oshirish va chorvachilikning umumiy iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务