SUN'IY INTELLEKT VA RAQAMLI VOSITALAR YORDAMIDA PEDAGOGIK JARAYONNI OPTIMALLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda pedagogik jarayonni optimallashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim sohasida yuz berayotgan raqamli transformatsiya sharoitida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, individual yondashuvni ta’minlash va pedagog faoliyatini takomillashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari kengayib bormoqda. Maqolada adaptiv ta’lim tizimlari, avtomatlashtirilgan baholash mexanizmlari, ma’lumotlar tahlili, virtual yordamchilar, masofaviy ta’lim platformalari va raqamli vositalarning pedagogik samaradorlikka ta’siri yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, mavjud muammolari va istiqbollari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.



