遇见数据集

BOLALARDA ANOREKTAL NUQSONLARDAN KEYINGI ASORATLAR MUAMMOSINING DOLZARBLIGI

收藏
Zenodo2026-02-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bolalarda anorektal nuqsonlar tug‘ma rivojlanish anomaliyalari orasida alohida o‘rin egallaydi va ushbu patologiyalar klinik jihatdan murakkab kechishi bilan tavsiflanadi [1,5,9]. Anorektal nuqsonlar nafaqat anatomik yetishmovchiliklar, balki ichak faoliyatining jiddiy funksional buzilishlari bilan ham namoyon bo‘ladi, bu esa davolash jarayonini murakkablashtiradi [2,8]. Shu sababli mazkur kasalliklarni davolash bolalar jarrohligining eng mas’uliyatli va murakkab yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [6,9]. So‘nggi yillarda jarrohlik texnologiyalari va operatsion usullar sezilarli darajada takomillashib bormoqda [8]. Shunga qaramay, operatsiyadan keyingi davrda turli xil asoratlarning rivojlanishi hanuz dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda [3,4]. Ayniqsa, operatsiyadan keyingi anorektal yetishmovchilik bolalarda hayot sifatini keskin pasaytiruvchi asosiy asoratlardan biri hisoblanadi [1,7]. Ushbu holat ichakni tutib turish mexanizmining buzilishi bilan kechadi va funksional yetishmovchilikka olib keladi [2,9]. Natijada najasni tutib tura olmaslik, surunkali qabziyat yoki ich ketish holatlari yuzaga keladi [4,10].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务