AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
收藏资源简介:
Ushbu tezisda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot ayollarning biznes faoliyatidagi o‘rni, tadbirkorlik muhitining ayollar faoliyatiga ta’siri hamda zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ayollar tadbirkorligining ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Ayollar tomonidan tashkil etilgan biznes subyektlari ko‘pincha kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat yuritib, iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyati va zamonaviy texnologiyalar ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.



