OVQATLANISHNING SPORTCHI QOBILIYATLARIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada sportchilar ovqatlanishining nazariy va amaliy asoslari, ovqatlanishning sportchi organizmi hamda jismoniy qobiliyatlariga ta’siri yoritilgan. Maqolada oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suvning sportchi faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, sportchilarning ratsional ovqatlanish tamoyillari, energiya almashinuvi jarayonlari, mashg‘ulotdan oldingi va keyingi ovqatlanish xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Noto‘g‘ri ovqatlanishning sport natijalari va organizm faoliyatiga salbiy ta’siri ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari sportchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy ish qobiliyatini oshirish va yuqori sport natijalariga erishishda to‘g‘ri ovqatlanish muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.



