PAXTA TOLASI SIFAT KO'RSATKICHLARINI MAHALLIY VA XALQARO STANDARTLAR BO'YICHA BAHOLASHNI ILMIY ASOSLARI BO'YICHA BIBLOMETRIK TAHLIL
收藏资源简介:
Bu maqola 2016–2025 yillar oraligʻida Scopus ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan ilmiy ishlar asosida paxta tolasi sifatining mahalliy va xalqaro standartlarga muvofiqligini tizimli tahlil qiladi. Birinchi navbatda, Scopus’da “cotton fiber quality”, “HVI”, “standardization”, “time series analysis”, “MCDM” kabi kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruvlar olib borilib, tanlangan maqolalar yillar, mualliflar, mamlakatlar va sohalar boʻyicha kategoriyalashtiriladi. Tahlil davomida asosiy sotib olingan indikatorlar – tolalar uzunligi, kuchi, micronaire, uniformity index va short fiber content – xalqaro (ISO, ASTM, HVI) va mahalliy (Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo) standartlarda qanday talqin qilinishiga e'tibor qaratiladi. Maqolalarda eng ko‘p qo‘llanilgan metodologiyalar qatoriga HighVolume Instrument (HVI), multi-kriterial qaror qabul qilish (MCDM) usullari (masalan, TOPSIS, FuzzyAHP, BWMRAHP), shuningdek, vaqt seriyali tahlil (ARIMA, GARCH, Markov switching, LSTM) kiradi [1–10].



