Metakognitiv strategiyalar orqali bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida pedagogik mahorat kompetentligini rivojlantirish
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida pedagogik mahorat kompetentligini rivojlantirish jarayonida metakognitiv strategiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda metakognitsiya tushunchasining nazariy asoslari, uning rejalashtirish, monitoring va refleksiya bosqichlari orqali o‘quv faoliyatini boshqarishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik mahorat kompetentligining tarkibiy komponentlari hamda ularni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metakognitiv yondashuvlar ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida nazariy va empirik metodlardan foydalanilib, tajriba-sinov ishlari asosida metakognitiv strategiyalarning samaradorligi aniqlangan. Olingan natijalar metakognitiv yondashuv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv fikrlashi, kasbiy mustaqilligi va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.



