Endokrin genezi bilan bepusht ayollarda mirna-146a biomarkerining prognostik va diagnostik ahamiyati
收藏资源简介:
Xulosa. Tadqiqotga endokrin bepushtlikka mavjud 90 nafar ayollar kiritilgan: 30 nafar ayollar gipertireoz bilan (I guruh), 30 nafar ayol gipotireoz bilan (II guruh) va 30 nafar ayollar giperandrogeniya bilan (III guruh). Nazorat guruhini 30 sogʻlom ayollar tashkil etgan. Tadqiqot natijalari miRNA-146a darajasi endokrin bepushtlik mavjud ayollarda nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori boʻlishini koʻrsatdi. I guruhdagi ayollarda 4 baravarga, II guruhda 3 baravar va III guruhda – 3,5 baravar yuqori aniqlandi. Ushbu ma'lumotlar miRNA-146a endokrin bepushtlikni diagnostika va prognoz qilishda muhim biomarker boʻlishi mumkinligini tasdiqlaydi. miRNA-146aning yuqori darajalari gipertireoz, gipotireoz va giperandrogeniya bilan bogʻliq boʻlib, uning ushbu holatlarni aniqlash va ogʻirligini baholash uchun marker sifatida foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.



