five

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA DAVLAT FUNKSIYALARINI MODERNIZATSIYA QILISH: ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHNING HUQUQIY VA AMALIY JIHATLARI

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20032533
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari hamda davlat boshqaruvi tizimida adliya organlari va uning tarkibiy tuzilmalarida joriy qilingan raqamlashtirilgan texnologiyalarning ish jarayonini soddalashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat funksiyalarining raqamlashtirilishi boshqaruv jarayonlarining yanada qulay hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlarning ixchamlashtirilganligi amaliy ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini raqamlashtirish orqali davlat boshqaruv funksiyalarini modernizatsiyalashtirish, davlat xizmatlari sifatini oshirish va huquqni qo‘llash amaliyotida shaffoflik va hamda samaradorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan. Davlat boshqaruvida funksiyalarni zamonaviy talablar asosida raqamlashtirish bevosita davlat xizmatlarining samaradorligini va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, davlat organlarida korrupsion holatlarning oldini oladi, ortiqcha vaqt sarfini kamaytiradi, shuningdek, byurokratik rasmiyatchiliklar, qog‘ozbozliklarning oldini oladi. Ushbu maqolada adliya organlari tizimida joriy etilgan raqamli texnologiyalar, shuningdek, mamlakatimizda keng qo‘llanilayotgan boshqa turdagi huquqiy chatbotlarning qanchalik darajada zamon talablariga mosligi o‘rganiladi hamda ilg‘or xorij tajribasi(Gretsiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlandiya) bilan taqqoslagan holda tahlil qilinadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务