遇见数据集

MG ATOMLARI BILAN LEGIRLANGAN ZNO PLYONKALARINING TUZILMAVIY VA OPTIK XOSSALARIGA GAMMA NURLANISHLAR TA'SIRINI MODELLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-05-20 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ishda 5 at.% Mg bilan legirlangan ZnO plyonkalarining Co-60 gamma nurlanishi ta’siridagi tuzilmaviy va optik xossalari Geant4 hamda SRIM/TRIM dasturlari yordamida modellashtirildi. Hisoblashlarda Mg:ZnO plyonka qalinligi 500 nm, geometrik o‘lchami 10 mm × 10 mm, zichligi 5,5 g/cm³ deb qabul qilindi. Co-60 gamma manbasi uchun o‘rtacha foton energiyasi 1,25 MeV sifatida olindi va Monte-Karlo hisoblarida 5·10⁶ ta gamma-kvant kuzatildi. Nurlanish ta’siri 0, 50 va 100 kGy dozalar uchun tahlil qilindi. Geant4 natijalari asosida plyonka hajmida yutilgan energiya va uning chuqurlik bo‘yicha taqsimoti baholandi. Olingan hisoblash natijalari model XRD difraktogrammalari hamda model optik yutilish spektrlari bilan bog‘lab tahlil qilindi. XRD modelida difraksiya cho‘qqilarining intensivligi, kengayishi va fon o‘zgarishlari radiatsion nuqsonlar, vakansiyalar hamda mikrodeformatsiyalar bilan izohlandi. Optik modelda esa doza ortishi bilan yutilish intensivligining oshishi defekt sathlari va qo‘shimcha yutilish markazlari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq deb talqin qilindi. SRIM/TRIM hisoblari Co-60 gamma nurlanishining bevosita modeli sifatida emas, balki radiatsion nuqsonlar, atom siljishlari va ionlashish jarayonlarini qo‘shimcha fizik tushuntirish vositasi sifatida foydalanildi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务