DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI O'QITISHDA MUAMMOLI YONDASHUVNING DIDAKTIK AHAMIYATI
收藏官方服务:
资源简介:
Ushbu tezisda differensial tenglamalarni o‘qitishda muammoli yondashuvning o‘rni va didaktik ahamiyati tahlil qilinadi. Differensial tenglamalar nazariy murakkabligi va amaliy yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Muammoli vaziyatlarni yaratish orqali talabalarning mustaqil fikrlashi, matematik modellashtirish ko‘nikmalari va ijodiy faolligi rivojlanadi. Ta’lim jarayonida real jarayonlarni (masalan, populyatsiya o‘zgarishi, radioaktiv parchalanish, mexanik tebranishlar) differensial tenglamalar yordamida ifodalash muammoli topshiriqlar asosida samarali amalga oshiriladi. Natijada, talabalar nafaqat yechish algoritmlarini, balki matematik tushunchalarning kelib chiqish mantig‘ini ham o‘zlashtiradilar.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-04-19



