O'ZBEK VA NEMIS ANTROPONIMLARINING QIYOSIY TAHLILI
收藏资源简介:
Tarixiy-madaniy asoslar O‘zbek va nemis xalqlarining antroponimik tizimi turli madaniy va tarixiy omillar asosida shakllangan bo‘lsa-da, ular orasida muayyan o‘xshashlik va farqlar mavjud. O‘zbek antroponimiyasi asosan turkiy ildiz, shuningdek arab va fors-tojik qatlamlari bilan boyigan. Arabcha ismlar ko‘pincha diniy (Islom) ta’siri bilan bog‘liq bo‘lsa, fors-tojik ismlari adabiy-madaniy qatlamni tashkil etadi. Nemis antroponimiyasi esa dastlab german ildizlari asosida shakllanib, keyinchalik lotin, yunon va bibliyaviy qatlamlar bilan boyigan. Bu jarayon asosan xristianlikning tarqalishi va Rim madaniyatining ta’siri bilan bog‘liq (Bahlow, 1967). Demak, ikkala tizim ham diniy-madaniy ta’sirlarni chuqur o‘zlashtirgan, biroq manbalar turlicha: o‘zbeklarda islom va arab-fors madaniyati, nemislarda esa xristianlik va yunon-lotin madaniyati.



