遇见数据集

BIRINCHI TUG`UVCHI AYOLLARDA PREEKLAMPSIYANI BASHORAT QILISHNING VA ERTA TASHXISLASHNING IMKONIYATLARINI BAHOLASH

收藏
Zenodo2025-06-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Preeklampsiya homiladorlikning ikkinchi yarmining og'ir asorati bo`lib, bu proteinuriya va boshqa organlarga (ko'pincha jigar va buyraklarga) zarar yetkazish belgilari bilan arterial gipertenziya bilan namoyon bo'ladi. Preeklampsiya ko'pincha birinchi tug`uvchi ayollarda, homilador ayolning yoshi 20 yoshgacha va 35 yoshdan oshganda, past ijtimoiy - iqtisodiy holat, ko'p homiladorlik, poligidramnioz, semirish, arterial gipertenziya, shuningdek negroid irqi vakillarida uchraydi. Homiladorlik paytidagi patologiyalar tarkibida preeklampsiya sindromi birinchi o'rinlarda turadi, bu esa ertachi va ishonarli tashxis qo`yuvchi mezonlari, samarali oldini olish va ijobiy terapiyalash, davolash chora-tadbirlari yo'qligi bilan izohlanadi [2]. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining olingan ma'lumotlariga qaraganda, butun jahon bo'ylab homiladorlarning chamalab olganda o`n bir foizi preeklampsiya, eklampsiya, homiladorlik gipertenziyasi va surunkali gipertenziyalarni qamrab olgan qon bosimi ko`tarilishi bilan bog`liq bo`lgan kasalliklardan aziyat chekmoqda. Homilasi bor ayollarda qon bosimining oshishi homiladorlikning judayam jiddiy va salbiy asoratlarining sababi bo'lib, mayiblik va hattoki ulardan birining o'limiga olib kelishi mumkin

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-06-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务