CATASTROPHIC PERCEPTION OF PAIN IN MIGRAINE PATIENTS AND ITS CORRECTION VIA COGNITIVE-BEHAVIORAL THERAPY
收藏资源简介:
Maqolada migren bemorlarida keng tarqalgan psixologik fenomen — og'riqni katastrofik idrok etish (pain catastrophizing) muammosi va uni kognitiv-bixevioral terapiya (KBT) vositasida korreksiyalash imkoniyatlari xalqaro adabiyotlar tahlili va o'zimizning klinik kuzatuvlarimiz asosida yoritilgan. Migren tashxisi qo'yilgan 37 nafar bemor (13 erkak, 24 ayol) bilan klinik-psixologik suhbatlar o'tkazilgan, suhbat yozuvlari sifat tahlili (qualitative content analysis) asosida katastrofizatsiyaning uch komponenti — kuchaytirish, umidsizlik va ruminatsiya bo'yicha kodlangan. Ikkala jinsda ham kuchaytirish komponenti yetakchi o'rinni egallagani, ayol bemorlarda bundan tashqari ruminatsiya ham sezilarli darajada uchragani aniqlandi. Bemorlarning bir qismi (24 nafar ayol) bilan 6 hafta davomida KBT elementlaridan foydalanilgan holda qo'shimcha ishlangan, buning natijasida katastrofik fikrlash belgilarining susayganini va umumiy ahvolning yaxshilanganini bemorlar o'zlari ta'kidladi. Olingan natijalar tavsifiy (deskriptiv) xarakterga ega bo'lib, kelgusi standartlashtirilgan tadqiqotlar uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.



