TURLI OZUQA MUHITLARIDA LACTOBACILLUS PLANTARUMNING ANTIFUNGAL VA ANTIBAKTERIAL FAOLLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
收藏资源简介:
Lactobacillus plantarum sut kislotasi bakteriyalari guruhiga mansub bo‘lib, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va tibbiyot sohalarida keng qo‘llaniladigan istiqbolli probiotik mikroorganizmlardan biri hisoblanadi. Ushbu bakteriyaning biologik faolligi ko‘p jihatdan o‘stiriladigan ozuqa muhitining tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Turli ozuqa muhitlari bakteriyaning o‘sish tezligi, organik kislotalar, bakteriotsinlar, vodorod peroksid hamda boshqa biologik faol metabolitlarni sintez qilish darajasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada Lactobacillus plantarumning turli ozuqa muhitlarida hosil qiladigan antifungal va antibakterial faolligi ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotlarda MRS agar va bulon, Brain Heart Infusion (BHI), Nutrient Broth hamda boshqa oziqlantiruvchi muhitlarda o‘stirilgan bakteriyalarning Escherichia coli, Staphylococcus aureus, Salmonella enterica, Bacillus subtilis kabi patogen bakteriyalarga hamda Candida albicans, Aspergillus niger va Fusarium oxysporum kabi zamburug‘larga nisbatan antagonistik faolligi baholandi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, MRS muhiti L. plantarumning o‘sishi va antimikrob metabolitlar sintezi uchun eng qulay muhitlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari probiotik preparatlar, biologik konservantlar hamda ekologik xavfsiz biokontrol vositalarini yaratishda ushbu bakteriyadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.



