遇见数据集

KOD REVYUDAN JAMOAT LOYIHALARIGACHA: JAVA O'QITISHDA HAMKORLIK VA JAMOA ISHINI RIVOJLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-08-05 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Ushbu maqolada Java dasturlash tilini o'qitishda hamkorlikka asoslangan usullar — juftlikda dasturlash (pair programming), tizimli kod-revyu (peer code review) va ochiq jamoat loyihalarida ishtirok etish — orqali talabalarda jamoa ishi ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy dasturiy ta'minot sanoati nafaqat individual texnik mahoratni, balki samarali jamoaviy ishlash, konstruktiv tanqid berish va qabul qilish hamda ochiq muloqot qobiliyatini ham talab qiladi. Tadqiqot doirasida individual dasturlash, juftlikda dasturlash, kod-revyu amaliyoti va ochiq jamoat loyihalariga hissa qo'shish kabi to'rt xil yondashuv qiyoslangan. Natijalar hamkorlikka asoslangan usullarning kod sifati, muammoni yechish tezligi, jamoaviy muloqot ko'nikmasi va o'z-o'zini baholash aniqligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini tasdiqladi. Maqola so'ngida Java kursini bosqichma-bosqich hamkorlik modeliga o'tkazish bo'yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务