O'ZBEKISTON BANK SEKTORIDA RAQAMLASHTIRISHNING ZAMONAVIY HOLATI
收藏资源简介:
ushbu maqolada O‘zbekiston bank sektorida raqamlashtirish jarayonlarining zamonaviy holati, rivojlanish tendensiyalari hamda bank xizmatlari samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mobil banking, sun’iy intellekt, Big Data, fintech va ochiq bank tizimlari kabi zamonaviy texnologiyalarning bank tizimidagi o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida operatsion xarajatlarning kamayishi, tranzaksiyalar tezligining oshishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining yaxshilanishi asoslab berilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistik ma’lumotlari asosida bank sektoridagi raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.



