MAKTABGACHA TA'LIM BOSHQARUVIDA LIDERLIK VA JAMOAVIY HAMKORLIK: YANGI YONDASHUVLAR
收藏资源简介:
Maqolada zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda liderlik va jamoaviy hamkorlikning yangi yondashuvlari tahlil qilinadi. Tavsifiy, qiyosiy va empirik-tahliliy usullar orqali klassik hamda postklassik liderlik modellari (avtoritar, demokratik, liberal, transformatsion, distributiv, xizmatkor liderlik), shuningdek, jamoaviy hamkorlikning zamonaviy shakllari (jamoaviy o‘rganish, kross-funksional jamoalar, mentorlik va kouching) tavsiflanadi. O‘zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida"gi qonuni va davlat dasturlari asosida ushbu yondashuvlarning milliy amaliyotga integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot 12 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 210 nafar pedagog xodim ishtirokida o‘tkazildi. Natijalar besh rasm va to‘rt jadval bilan tasvirlangan.



