遇见数据集

BUXORO SHAHRIDAGI QABRISTON YERLARINI GNSS/RTK VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MONITORING QILISH VA RAQAMLI REYESTRINI SHAKLLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-09-11 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Maqolada Buxoro shahri hududida joylashgan qabriston yerlarini zamonaviy geodezik va geoaxborot texnologiyalari asosida monitoring qilish, ularning fazoviy chegaralarini aniqlashtirish hamda yagona raqamli reyestrini shakllantirish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot doirasida 37 ta qabriston obyektining huquqiy-kadastr ma’lumotlari, amaldagi yer maydonlari, chegara holati, muhandislik infratuzilmasi va joylashuv xususiyatlari tahlil qilindi. Dala tadqiqotlarida GNSS/RTK bazaviy-rover texnologiyasi, geodezik o‘lchash, mavjud kadastr materiallarini solishtirish, ortofoto va GIS qatlamlarini integratsiyalash usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida o‘rganilgan qabristonlarning umumiy maydoni 86,26985 gektarni tashkil etishi, obyektlarning ayrimlarida huquqiy hujjatlar va amaldagi fazoviy konturlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi. 37 ta obyektning 23 tasida, ya’ni 62,2 foizida yer ajratish bo‘yicha hokim qarori mavjud bo‘lsa, 21 ta obyekt yoki 56,8 foizida shakllangan kadastr hujjati mavjud. Tadqiqot natijasida qabristonlar uchun GIS asosidagi raqamli reyestrning konseptual tuzilmasi taklif etildi. Ushbu tizim yer maydoni, koordinatalar, kadastr identifikatori, huquqiy maqom, infratuzilma va monitoring natijalarini yagona geoaxborot muhitida boshqarish imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务