遇见数据集

ADLER TALQINIDAGI GURUHIY KONSULTATSIYANING TRENINGDAGI AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Alfred Adlerning individual psixologiya nazariyasi asosida guruhiy konsultatsiyaning trening jarayonidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Adler talqinida shaxsning ijtimoiy manfaatdorligi, hayotiy uslubi va kompensatsiya mexanizmlarini rivojlantirishda guruhiy konsultatsiyaning trening shaklidagi samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, guruhiy konsultatsiya elementlari bilan boyitilgan trening mashg‘ulotlari, kuzatish va psixologik suhbat metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar Adler yondashuviga asoslangan guruhiy konsultatsiya trening jarayonida shaxsning o‘zini anglash darajasini oshirish, noto‘g‘ri hayotiy maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish, ijtimoiy moslashuvchanlik va mas’uliyat hissini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari amaliy psixologiya, konsalting va trening faoliyatida qo‘llash uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务